DataLife Engine / 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi

  Bugun Bog'ot tumanida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirga tumanimizning barcha hududlaridan fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda mehnat qilib yuqori natijalarga erishib kelayotgan, ijtimoiy hayotda faol xotin-qizlar taklif etildi. Tadbir avvalida tuman hokimi Jahongir Nazarov marosim ishtirokchilarini xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi. Oila va jamiyatni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari uchun tumanimiz ayollarining bir guruhiga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi. Bayram tantanalari konsert dasturi bilan yakunlandi.
6-03-2024, 06:09
Вернуться назад